Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

Xorazm viloyatida o‘quvchilarga raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillar bo‘yicha ta’lim berishni nazarda tutuvchi “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Xorazm viloyatining tuman va shaharlarida zamonaviy IT-Parklar tashkil etilgan. Loyiha doirasinda o‘quvchilarga professional mentorlar tomonidan ta’lim berilmoqda. Loyihaning o‘quvchilar orasida targ‘ibotini kuchaytirish, ularning o‘quvlarga mos bilim va ko‘nikmalar bilan kelishlarini ta’minlash, shuningdek viloyatdagi informatika fani o‘qituvchilarini metodik qo‘llab-quvvatlash hamda dasturlash yo‘nalishida o‘quvchilarga ta’lim berish mahoratini oshirishga yordam berish maqsadida ular uchun maxsus qisqa muddatli o‘quvlar tashkillashtirildi. 
✅O‘quvlar “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi mentorlari tomonidan 8 mashg‘ulotdan iborat “Algoritm asoslari (Python dasturlash tilida)” yo‘nalishda olib borilmoqda. Shu munosabat bilan  Qo‘shko‘pir tumanida 20 nafar informatika o‘qituvchilari 2 ta guruhga bo’lingan holda o‘quvlarni boshladilar. O‘quvlar 8 kun davom qiladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Октябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili