Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri” respublika tanlovi e’lon qilingan edi. 
Bugun, mazkur tanlovning  Qo'shko'pir tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirda o‘quvchi-yoshlar har bir shartda o'z iste'dodlarini namoyon etishdi.
Tanlov hakamlar hay'atining adolatli yondashuvlari asosida 
🥇-o'ringa 39-maktab jamoasi;
🥈-o'ringa 2-maktabi jamoasi;
🥉-o'ringa  kuchlar teng kelib 11 va 1-maktab jamoalari loyiq deb topildi. 
Tadbir so'nggida g‘olib maktab jamoalariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
G'olib deb topilgan 39-umumiy o'rta ta’lim maktab jamoasiga viloyat bosqichida omad tilab qolamiz.
Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili