2023-yil 26-sentabr kuni Urganch tumanidagi "Sherdor" to'yxonasida umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining Xorazm viloyati hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.
Turnirda viloyatimizdagi tuman (shahar) bosqichlarida g'olib bo'lgan maktablardan iborat 39 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar 3 ta turdan iborat jami 30 ta savol o'ynashdi.
Respublika bosqichiga esa quyidagi jamoalar yo'l olishdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-oʻrin: Qo'shko'pir tumani 1-IMI;
2-oʻrin: Yangibozor tuman 20-maktab;
3-oʻrin: Xiva tuman 28-maktab jamoalariga tegishli bo'ldi.
Ushbu jamoalar endi respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qilishadi.
hu bilan birgalikda sovrindorlar va barcha jamoalar "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan "Zakovat savollari" kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.