Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan viloyatda axborot texnologiyalari sohasini sanoat darajasida jadal rivojlantirish, xususan, IT sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Xorazm viloyati hokimligi tomonidan “Xorazm viloyatida 2023-yilda IT-Park rezidentlari xizmatlar hajmi, eksport, yoshlarni IT sohasida o‘qitish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha Chora-tadbirlari rejasi” ga asosan Oliy, professional, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlarga raqamli bilimlar berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda informatika o‘qituvchilarni IT sohasining tegishli yo‘nalishlarida qisqa muddatli malakasini oshirish” topshirig‘ini ijrosini ta'minlash maqsadida Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi umum ta'lim maktabning informatika o'qituvchilari viloayt IT-PARK da qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini boshladilar. Xar maktabdan bir nafardan informatika o'qituvchilari malaka oshirish kurslarida malaka oshirmoqdalar. Kurslar tugagandan so'ng o'qituvchilarga malaka oshirganlik to'g'risida sertifikatlar beriladi.