Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

  • Yangiliklar
  • 1-06-2023, 10:26

1 iyun – bolalarni himoya qilish kuni.

Bu sana tarixi 1925 yilga borib taqaladi. O‘sha yilda turli davlatlar ishtirokida Jyenevada ilk marta bolalar farovonligiga bag‘ishlab xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Konferensiyada ishtirokchi mamlakatlar bolalar kuni sifatida alohida sanani tanlashga kelishib oladi. Biroq qaysidir alohida sana taklif qilinmaydi, hamma o‘z madaniyatiga mos sanani tanlashi tavsiya qilinadi.1949 yilda esa sovet mamlakatlarida 1950 yildan boshlab 1 iyunni «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va bu sana bayram qilina boshlanadi.
Bundan tashqari, BMT tomonidan belgilangan 20 noyabr sanasi ham Xalqaro bolalar kuni hisoblanadi. Ayrim davlatlarda bolalar kuni emas, bolalar haftaligi tarzida ham nishonlanadi. O‘zbekistonda 18 yoshgacha bo‘lganlar soni 18 millionga yaqin. Ular ta’lim olish va tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega. Majburiy mehnat bartaraf etilgan: Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekiston 2021 yilda bolalar mehnatiga butunlay chek qo‘yildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi

Maktab manzili