Qo‘shko‘pir tuman hokimi Olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari yoshlarimizning iste’dodi, kuchi va matonatini yana bir bor namoyon etdi. Ana shunday iqtidorli yoshlarimizdan biri — 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Bekturdiyev Lazizbek 🥋 dzyudo sport turi bo‘yicha munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni 🥈 qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuq nafaqat maktabimiz, balki butun tumanimiz uchun faxrli natija bo‘ldi. Eng quvonarlisi, Lazizbek ushbu muvaffaqiyati orqali viloyat bosqichiga yo‘llanma 🎫 olib, endilikda yanada yuqori marralarda o‘z mahoratini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
