Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

2026-yil 11-mart kuni Qo‘shko‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2026-yil 16-fevraldagi 121-sonli buyrug‘i asosida Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasiga terma jamoa a’zolarini saralashning birinchi (tuman) bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur saralash jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Tanlov davomida matematika va informatika fanlari bo‘yicha yuqori bilimga ega hamda ingliz tilini bilish darajasi kamida B2 bo‘lgan 8–10-sinf o‘quvchilari o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Saralash bosqichi belgilangan nizom talablari asosida ochiq, shaffof va adolatli tarzda tashkil etildi. Jarayon davomida ishtirokchilarga zarur shart-sharoitlar yaratildi hamda texnik va tashkiliy masalalar tegishli mas’ullar tomonidan nazorat qilindi.

Mazkur bosqich yakunlariga ko‘ra eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili