Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

Qo‘shko‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablari o‘rtasida “Turon maktab teatri” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari X. Ibragimov so‘zga chiqib, ushbu loyiha yoshlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ularning teatr san’atiga qiziqishini oshirish hamda milliy madaniyat va qadriyatlarni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
😎 Shuningdek, yoshlarni ma’naviy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, ularda sahna madaniyati, nutq madaniyati hamda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda “Turon maktab teatri” tanlovi muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
So‘z yakunida barcha ishtirokchilarga omad tilanib, sahna chiqishlari yoshlarning iste’dodini yanada ro‘yobga chiqarishiga ishonch bildirildi.

🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra:  🏆

🥇 1-o‘rin – 25-son maktabining “Turkiston” jamoasi

🥈 2-o‘rin – 39-son maktabining “Turon” jamoasi

🥉 3-o‘rin – 1-son maktabining “Navda” jamoasi

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili