Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

Milliy yuksalish yo‘lida ustoz va murabbiylarning fidokorona mehnati davlatimiz va jamiyatimiz taraqqiyoti uchun beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Qo‘shko‘pir tumanida ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan ta’lim sohasi fidoyilari uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir avvalida tuman hokimi Sh. Axmedov so‘zga chiqib, barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va erishilayotgan yutuqlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida tumandan besh nafar pedagog hodim “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, fidoyi o‘qituvchilarga tashakkurnomalar hamda qimmatbaho estalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.

  Bayram tadbiri davomida ustozlar sha’niga kuy-qo‘shiqlar yangradi, mehr va ehtiromga boy samimiy chiqishlar taqdim etildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili