Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

Bugun Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda “Yangi Qo‘shko‘pir” MCHJ hamkorligida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil qilish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, hamshiralar va mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. Ular bolalar ovqatlanish ratsionini to‘g‘ri tuzish, gigiyena qoidalariga rioya qilish, mahsulot sifati ustidan nazoratni kuchaytirish hamda autsorsing tizimini joriy etishning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot olishdi.
Mutaxassislar autsorsing tizimi bolalarning sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash, xarajatlarni optimallashtirish va sifatni oshirishda muhim ekanini ta’kidlashdi.Seminar yakunida ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berildi va ularning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili