Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

Bugun Qo‘shko‘pir tumanidagi 29-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va xo‘jalik ishlari mudirlari ishtirokida “Zamonaviy ta’limda innovatsion usullardan foydalanish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida 29-DMTTda tarbiyachilarning mashg‘ulot jarayonlari kuzatilib, ta’lim tashkiloti pedagoglarining ish tajribalari hamda innovatsion usullardan foydalangan holda olib borilayotgan mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi. Shuningdek, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi va ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Tadbir so‘ngida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham tajriba almashildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili