Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

Tadbir O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida, “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan uchrashuvlar, sport musobaqalari, turli ijodiy ko‘rgazmalar hamda badiiy-konsert va ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari uchun mazmunli dam olish va ijobiy kayfiyat taqdim etildi.
Tadbir davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning sog‘lom hayot tarzini qaror toptirish borasidagi tashabbuslar alohida e’tirof etildi. Mahalla hayotida bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlarning davomli ravishda tashkil etilishi zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Август 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi

Maktab manzili