Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

Ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi-yoshlarning raqamli savodxonligini rivojlantirish hamda axborot texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirishini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. Shu maqsadda, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ma’nan eskirgan yoki kompyuter sinfiga ega bo‘lmagan ta’lim muassasalarini zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, Qo‘shko‘pir tumanidagi 8 ta umumta’lim maktabiga jami 120 dona zamonaviy kompyuter jamlanmasi, 8 dona konditsioner va 8 ta ko‘p funksiyali printer yetkazib berildi.Texnik jihozlar maxsus transport vositalari yordamida belgilangan maktablarga yetkazildi. Bu esa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta’lim jarayonini tashkil etishga keng imkoniyat yaratadi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Октябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili