Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

Bugun, 2025-yil 23-iyun sanasida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Qo‘shko‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining choratadbirlar dasturiga muvofiq umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Yengil atletika" musobaqasi muvaffaqiyatli tashkil etildi. Mazkur sport tadbiri sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish va ularning sportga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.
Shuningdek, Qo‘shko‘pir tumani hokimligining “Dolzarb 90 kun” doirasida tuzilgan tadbirlar kalendar-rejasiga asosan "Armlestling" sport musobaqasini tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu musobaqa yoshlar orasida kuch va bardamlikni rivojlantirish, sportga bo‘lgan ishtiyoqni yanada kuchaytirish hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Bu kabi sport musobaqalari tumandagi yoshlar orasida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Август 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi

Maktab manzili