Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

  • Yangiliklar
  • 16-06-2025, 11:21

"Yosh dasturchi" to‘garaklari faoliyati

Qo‘shko‘pir tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi va huquqiy madaniyatini shakllantirish, shuningdek, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kunlik" tashabbusi doirasida bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu doirada tashkil etilgan “Yosh dasturchi” to‘garaklari faoliyat olib bormoqda. Ushbu to‘garaklar o‘quvchilarning IT sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish, shuningdek, dasturlash bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
To‘garak mashg‘ulotlari davomida o‘quvchilar quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda:
✅Kompyuterning ichki va tashqi qurilmalari bilan ishlash asoslari;
✅Sun’iy intellekt dasturlarining boshlang‘ich turlari bilan tanishish;
✅Scratch dasturida oddiy loyihalar yaratish;
✅Microsoft Office dasturlari bilan samarali ishlash (Word, Excel, PowerPoint va boshqalar).
Ushbu to‘garaklar nafaqat o‘quvchilarning texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otmoqda, balki ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishga ham xizmat qilmoqda.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili