Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

Xabaringiz bor, joriy yil 3-iyun kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

🥇 Ushbu nufuzli olimpiadada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan yoshlarimiz orasida — Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Erkinov Azizbek faxrli uchinchi o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi 🇺🇿👏

Bu yutuq — Azizbekning mehnati, ustozlarining sabr-toqati va ota-onasining qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, ta’lim tizimiga qo‘shilgan fidokorona hissalarning natijasidir.

📍 G‘olibimiz o‘qiyotgan maktabda boshqarma rahbariyati hamda Qo‘shko‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i ishtirokida tantanali tarzda taqdirlandi.

🔔 Bunday zafarlar — yosh avlodga kuch, ishonch va ilhom bag‘ishlaydi!

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Август 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi

Maktab manzili