➖ Unda Prezident Administratsiyasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sport vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati va masʼul xodimlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov, umumtaʼlim maktablari jamoalari ishtirok etdi.
➖ Tadbirda taʼkidlanganidek, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda mamlakatimiz maktablaridagi 33 ming nafardan ortiq jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari hamda 3,9 mln nafar oʻquvchilar ishtirokida sport sinovlari doimiy oʻtkazib kelinmoqda.
⚡️ Xususan, joriy yilda 300 ming nafardan ortiq oʻqituvchi va murabbiylar, 4,9 mln nafar oʻquvchi-yoshlar “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari hamda sport musobaqalarida ishtirok etish uchun ariza topshirgan.
👉 Mazkur sport sinovlari va musobaqalar oʻquvchi va pedagoglar salomatligini yanada yaxshilash hamda shu orqali taʼlim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.