Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Qo‘shko‘pir tuman bosqichi yakunlandi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda Qo‘shko‘pir tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sh. Jumaniyozov ishtirok etdi hamda tanlovda yuqori natijalarga erishgan maktab jamoalarini muborakbod etib, ularga pul mukofotlari va vaucherlarni tantanali ravishda topshirdi. Tanlovda eng yuqori o'rinni egallagan maktab jamoasi viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi. 
Mazkur tanlov xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni aniqlash, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish va ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, tanlovda
1-o‘rin 11-maktab jamoasi;
2-o‘rin 3-maktab jamoasi;
3-o‘rin 4-AFCHO'M maktab jamoalari egallashdi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Октябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili