Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

Kecha "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" kasbiy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo'lib otdi. Mazkur tanlovda tumanimiz nomidan qatnashgan 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi — Ismoilova Gulhayo  o‘zining yuqori saviyadagi pedagogik mahorati, boy ijodiy yutuqlari va tarbiya sohasidagi fidoiy mehnati bilan “Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi” nominatsiyasida g‘olib bo'ldi va Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo'lga kiritdi.

🎉   Ismoilova Gulhayoni va  18-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasini ushbu munosib yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!  


 Respublika bosqichida ham omad va zafarlar sizlar bilan hamroh bo‘lishini tilaymiz.


Tarbiyachi — millat kelajagini shakllantiradi. Bunday fidoiy mutaxassislar bilan faxrlanamiz!


Vazir Xilola Umarovaning viloyatimizga tashrifi davomida Urganch Ranch texnologiya universiteti rabariyati  bilan o‘zaro hamkorlik kelishuvi amalga oshirilgan edi. Mazkur kelishuvga ko‘ra tanlovning  viloyat bosqichi nominatsiya g‘oliblari maxsus sertifikat bilan taqdirlanib, ularga universitetning "Maktabgacha ta’lim" yo‘nalishi bo‘yicha bir yillik grant mablag‘i ajratildi va ular talabalik baxtiga muyassar bo‘ldilar.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili