Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

Kecha umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'qituvchilari o'rtasida o'tkazilgan "Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" tanlovining Qo'shko'pir tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovning tashkiliy qo‘mita raisi Qo‘shko‘pir tuman adliya bo‘limi boshlig'i K.Redjabov. Tashkiliy qo'mita va hakamlar hay’ati a’zolari Qo‘shko‘pir tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis M.Allakuliyev va Prezident ixtisoslashtirilgan maktablar Agentligi qoshidagi ixtisoslashtirilgan maktabning huquq fani o'qituvchisi D.Abdullaeva.
Tanlov 2 ta shartdan iborat bo'lib:
1-shart - ishtirokchining bilet tortishi va bitta savolga og‘zaki javob berishi (blits-so‘rov);
2-shart - o‘qituvchining taqdimoti (Taqdimot mavzusi tanlov ishtirokchisi tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tuman  hududiy bosqichida tanlovga  bir kun qolganda tanlandi).
 Tanlov ko'tariki ruhda bo'lib o'tdi. Tanlov yakuni bo‘yicha 
1-o‘rin 2-maktab o'qituvchisi Normetova Feruza
2-o‘rin 11-maktab o'qituvchisi Ollaberganova Shaydo
2-o‘rin 20-malctab o'qituvchisi Jumaniyozova Risolat
ishtirokchilar g'olib deb topilib, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili