Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ta’lim planshetlari bilan ta’minlash belgilangan edi.
Bugun “Ta’minot va logistika xizmati” Xorazm viloyati filiali tomonidan Qo‘shko‘pir tumanidagi umumta’lim maktablariga 13220 ta ta’lim planshetlari yetkazib berildi.
Ma’lumot uchun, kelgusida mazkur tajribani respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilgan.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Сентябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Yil dasturi

Maktab manzili