Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2026-yilda o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” kasbiy tanlovining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Respublika bo‘yicha 46 ming nafardan ortiq pedagog ishtirok etgan tanlovda 208 nafar o‘qituvchi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
🌟 Quvonarlisi, Qo‘shko‘pir tumani nomini munosib himoya qilgan Qo‘shko‘pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi — G‘ayratova Madina Hamdam qizi “Yil o‘qituvchisi – 2026” tanlovi g‘oliblaridan biri bo‘ldi! 👏 🎉
Tanlovning Xorazm viloyatidagi uchinchi bosqichida 26 nafar ilg‘or pedagog ishtirok etib, o‘zining kasbiy mahorati, bilim va zamonaviy pedagogik yondashuvlarini namoyish etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, viloyatning tuman va shaharlaridan munosib pedagoglar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
💰 Tanlov g‘oliblariga BHMning 1 400 baravari — 616 million so‘m miqdorida pul mukofoti berilishi belgilangan.
👏 G‘ayratova Madina Hamdam qizini ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz!
 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Ноябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi

Maktab manzili