o‘shko‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2-son va 20-son umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar ishtirokida “Digital Rights Week” haftaligi doirasida “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.
🇺🇿 Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining **“O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”**gi qarori ijrosini ta’minlash, o‘quvchilarning raqamli huquq va majburiyatlari borasidagi bilimlarini oshirish hamda internetdan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.
