Qo‘shko‘pir tumanida matematika va aniq fanlarga qiziqishi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar ishtirokida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari o‘tkazildi.
📝 Sinovlarda o‘quvchilarning bilimi, mantiqiy fikrlashi, masalalarni mustaqil yechish ko‘nikmalari va intellektual salohiyati sinovdan o‘tkazildi.
🌱 Mazkur loyiha yoshlarning ilmiy salohiyatini yuzaga chiqarish, aniq fanlarga qiziqishini oshirish va iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
✨ Ilm sari tashlangan har bir qadam — kelajak sari qo‘yilgan qadam! 

