Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

Qo‘shko‘pir tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida informatika to‘garagi o‘quvchilari o‘rtasida Counter-Strike kibersport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa davomida o‘quvchilar jamoaviy hamkorlik, strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Bellashuv qizg‘in va do‘stona muhitda o‘tib, ishtirokchilarda sog‘lom raqobat ruhini yanada mustahkamladi.

Mazkur tadbir yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalariga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kibersport madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
#Dolzarb90kun #Qoʻshkoʻpir #MaktabHayoti #Informatika #CyberSport #CounterStrike
➡️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:


🌐  Web sayt|Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook| 📹YouTube

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili