2025-yil yakunlari bo‘yicha “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar munosib taqdirlandilar.
📊 Natijalarga ko‘ra, Qo‘shko‘pir tumani o‘quvchilaridan:
💻 7 nafar o‘quvchi noutbuk;
📱 3 nafar o‘quvchi planshet;
📚 21 nafar o‘quvchi esa ta’lim platformalarida o‘qish uchun maxsus litsenziyalarga ega bo‘ldilar.
📜 Shuningdek, taqdirlash marosimida barcha g‘oliblarga Qo‘shko‘pir tumani hokimining tashakkurnomalari topshirildi.
👏 Barcha g‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz hamda ularga kelgusidagi o‘qishlari va faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
