Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

25-may — umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun unutilmas va hayajonli kun sifatida yurtimiz bo‘ylab “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari keng nishonlandi.

Bugun ushbu tantanali va quvonchli tadbirlar Qo‘shko‘pir tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Tadbirlar davomida o‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan ustozlar, iqtidorli o‘quvchilar hamda faol ota-onalar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, maktabni a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga maktab davrini yodga soluvchi milliy hunarmandchilik sovg‘alari topshirildi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” nafaqat bir o‘quv yilining yakuni, balki bitiruvchilar hayotidagi yangi bosqichning boshlanishi sifatida barchaga unutilmas taassurot ulashdi.

🎓  Aziz bitiruvchilar, kelgusi hayot yo‘lingizda ulkan zafarlar va omad doimo hamrohingiz bo‘lsin! 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Сентябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Yil dasturi

Maktab manzili