Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy


Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Bektemirov Qo‘shko‘pir tumanidagi 10-son va 11-son umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning ta’lim jarayoni, kelgusidagi rejalari hamda tashabbuslari yuzasidan fikr va takliflari tinglandi.

➡️ Shuningdek, ta’lim sharoitlarini yanada yaxshilash, o‘quvchilarning kasbiy yo‘nalishlarini kengaytirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator umumiy takliflar ilgari surildi.

Bildirilgan barcha masalalar mas’ullar tomonidan o‘rganilib, tegishli chora-tadbirlar belgilash yuzasidan kelishib olindi.

✅ Yoshlar bilan muloqot – kelajak sari muhim qadam!

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Сентябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Yil dasturi

Maktab manzili