Iqtidorli yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni innovatsion faoliyatga keng jalb etish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining joriy yilgi respublika bosqichi 22-may kuni bo‘lib o‘tdi.
🔗 Mazkur tanlovda Qo‘shko‘pir tumani 6-maktab o‘quvchisi Fayzullayev Boymurod Urganch tumanidagi “Kelajak” markazining “Robototexnika” to‘garagi a’zosi, IT texnologiyalar yo‘nalishida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
✅ Yosh iste’dod egasining ushbu yutug‘i — viloyatimiz yoshlari salohiyati, izlanishi va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishining yana bir yorqin namunasidir.
G‘olibimizni muborakbod etamiz va kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz! 
