Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy

2025-yil 2-sentabr kuni Qo‘shko‘pir tumanida maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 14-sonli umumtaʼlim maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuxrat Axmedov ishtirok etdi.Hokim marosimda so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yangi o‘quv yili va “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabrikladi. Taʼkidlanganidek, yurtimizda yosh avlodga sifatli taʼlim berish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega qilib tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Yangi maktabda o‘quvchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi: keng va yorug‘ sinfxonalar, zamonaviy jihozlangan laboratoriyalar, sport zallari hamda kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu esa yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishi shubhasiz.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumani Beruniy ko‘chasi 4-uy
  • +998 (62) 329-73-01
  • info@qoshkopir-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Сентябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Yil dasturi

Maktab manzili